

Finaldagi antirekord va mushtlashuv:
Uchrashuv bosh hakami Mateus Kandansan o'yin yakunida yuzaga kelgan tartibsizliklar sababli jami 23 ta qizil kartochka ko'rsatdi. Maydondan chetlatilganlar orasida Rossiyaning "Zenit" klubi sobiq futbolchilari Jerson Santos, Mateo Kasserra va Xalkning o'zi ham bor edi.
Xalkning etirozi:
Braziliyalik tajribali hujumchining takidlashicha, vaziyat nazoratdan chiqib ketishiga aynan hakamning qatiyatsizligi sabab bo'lgan:
"Men o'yin boshidayoq hakamga buning oxiri yomonlik bilan tugashini aytgan edim. U zarracha ham xarakter ko'rsata olmadi. Agar bir, ikki yoki uch kishini maydondan chetlatish kerak bo'lsa - chetlat! Ammo u finalda ishlash uchun judayam qo'rqib ketgandi", - dedi Xalk.
Shu tariqa, Mineyro Ligasi finali futboldan ko'ra ko'proq jang maydonini eslatib yubordi va tarixga eng qo'pol o'yinlardan biri sifatida kirdi.



