

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
O'z materialida AS insayderlari vingerga "yangi Neymar" deb tarif berishgan. Manbaga ko'ra, "Atletiko Mineyro" futbolchi uchun 20 mln evro talab qiladi. Agarda Kataloniya klubi Venenoni sotib olsa ham, u 18 yoshga to'lguniga qadar jamoada o'ynay olmasligi alohida takidlangan. Braziliyalik futbolchi balog'at yoshiga etganidan keyingina uni "Barselona"ning yoshlar jamoasida ro'yxatdan o'tkazish imkoni tug'iladi.
Hozirgi vaqtda 16 yoshli hujumchi "Atletiko Mineyro"ning U17 yoshlar jamoasida o'ynaydi va joriy mavsumda jami to'rtta o'yinda maydonga tushgan.



