Neymar "Atletiko Mineyro" muxlislariga: "Men tizzasiz ham butun jamoangizdan yaxshiroq o'ynayman"

Sherzod Nurmatov
11 sen 2026, 13:05
"Santos" hujumchisi Neymar Janubiy Amerika Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan uchrashuv vaqtida "Atletiko Mineyro" muxlislari bilan dahanaki jangga kirishdi.

Jamoalar o'rtasidagi bahs 9 sentyabrdan 10 sentyabrga o'tar kechasi bo'lib o'tdi va "Santos"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 34 yoshli braziliyalik son jarohati sababli o'yinda ishtirok etmadi va uni VIP-loja tribunasidan kuzatdi. Bahs davomida "Atletiko Mineyro" fanatlari Neymarning jarohatiga shama qilib, uni provokaciya qilishga urinishdi.

Ushbu provokaciyalarga javoban hujumchi shunday dedi: "Men kichik jamoalarga qarshi o'ynamayman". Keyin esa u qo'shimcha qildi: "Men tizzasiz ham butun jamoangizdan yaxshiroq o'ynayman" va tortishuvni yana bir jumla bilan yakunladi: "Yo'qligim sizning omadingiz, aks holda bugun to'rtta [gol] bo'lardi".

Neymar 2025 yilning yanvar oyi oxirida "Santos"ga qaytgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil 31 dekabrgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports