Rakitich "Oltin to'p" haqida: "Ispaniyalik yutishi kerak”

Aslanov Jasurbek
30 sen 2026, 11:47
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Oltin to'p" borasida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

- Asosiy savol shundaki, hammasini uzil-kesil tushunib olish uchun ushbu o'yinlarni qayta ko'rib chiqishimiz kerakmi yoki yo'qmi. O'ylashimcha, bu yil ham o'z klubida, ham jahon chempionatida alohida ajralib turgan biror bir o'yinchini ko'rmadim.

Ko'p yillar davomida hamma narsa Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga taqalishiga ko'nikib qolgandik. Lekin endi bunday o'yinchilar yo'q. Ko'pchilik o'z chempionatlarida yorqin o'yin ko'rsatdi, ko'p gol urdi, ammo jahon chempionatida unchalik omadli ishtirok etmadi. Yoki aksincha. Yaqqol favorit deb aytish mumkin bo'lgan o'yinchining o'zi yo'q.

Men uchun favoritlar - ispaniyaliklar. Bitta kubokka besh yoki oltita familiyani solib, xohlaganini tortib olish mumkin - adashmaysiz. Men "Oltin to'p" ispaniyalikka nasib etishi kerak deb hisoblayman, - dedi Rakitich El Partidazo ko'rsatuvi efirida.

Keyinroq xorvatiyalikdan favoritlar uchligini nomlashni so'rashdi.

- Bu uchta ispaniyalik bo'lardi. Garchi men Olisening ashaddiy muxlisi bo'lsam ham. Unda qandaydir o'zgacha narsa bor, lekin u jahon chempionatini mukammal o'tkazmadi. U bilan birga uchlikka Lamin va yana Rodrini kiritgan bo'lardim, - deya qo'shimcha qildi Rakitich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo