Skaloni Messining Islandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 17:20
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining Islandiyaga qarshi JCH-2026 final bosqichidan oldingi so'nggi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishini aytdi.

"Messi maydonga tushadi, shunchaki necha daqiqa o'ynashini bilmayman. Bugun mashg'ulotlarda u bilan gaplashishim kerak va har qanday xavfdan qochish uchun u necha daqiqa o'ynashini ko'ramiz. Biz bir qarorga kelamiz, lekin principial jihatdan u o'ynaydi", – dedi murabbiy.

"Inter Mayami" sardori Argentina yig'iniga chap oyog'idagi mushak jarohati shikoyati bilan kelgan va Gonduras bilan bahsda zaxirada qoldirilgan.

Argentina - Islandiya o'yini 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 06:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN