Irlandiya darvozaboni Bazunu Isroilga qarshi o'ynashni xohlamayapti. Terma jamoadagi bazi sheriklari ham unga qo'shilish haqida o'ylamoqda

26 sen 2026, 16:44
Irlandiya terma jamoasi va "Bolton" darvozaboni Gevin Bazunu milliy terma jamoadagi sheriklariga Millatlar ligasi doirasidagi Isroilga qarshi o'yinlarda ishtirok etishni istamasligini ma'lum qildi.

The Irish Times xabariga ko'ra, terma jamoaning yana bazi futbolchilari uchrashuvlarda maydonga tushishdan voz kechish imkoniyatini ko'rib chiqishmoqda. Jamoa ichidagi muhokamalar Irlandiya terma jamoasining Debrecendagi rejalashtirilgan matbuot anjumani va mashg'uloti kechiktirilishiga olib keldi.

Isroil va Irlandiya o'rtasidagi birinchi o'yin 27 sentyabr kuni Debrecenda, ikkinchisi esa 4 oktyabr kuni Serbiyaning Bachka-Topola shahrida bo'lib o'tishi kerak. Ikkala uchrashuv ham betaraf maydonlarga ko'chirilgan.

Avvalroq Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xeymir Xadlgrimsson jamoa ichida ushbu o'yinlar borasida turli fikrlar mavjudligini va terma jamoadagi hammaga ularni o'tkazish noqulay ekanini aytgan edi.

Shu bilan birga, 24 sentyabr kuniyoq jamoa sardori Dara O’Shi futbolchilar Isroilga qarshi ikkala o'yinni ham o'tkazishga kelishib olishganini, mumkin bo'lgan jamoaviy norozilik akciyasi haqidagi qarorni esa alohida qabul qilishni rejalashtirishganini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Irish Times