"Fenerbaxche" qarzdorlik sabab uchta transfer oynasiga ban oldi

26 sen 2026, 15:28
FIFA "Fenerbaxche"ga uchta transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqladi.

Turkiya klubi ma'lum qilishicha, sankciya Yussef En-Nesirining "Sevilya"dan transferi bo'yicha qarzdorlik bilan bog'liq. Marokashlik futbolchi 2024 yilning yozida "Fenerbaxche"ga o'tgan edi, 2026 yilning fevral oyidan beri esa "Al Ittihod" sharafini himoya qilmoqda.

"Fenerbaxche" talqiniga ko'ra, 2026 yil 30 aprelda amalga oshirilishi kerak bo'lgan to'lovlardan biri klubning oldingi mamuriyati tomonidan to'lanmagan. Rahbariyat almashganidan so'ng muddati o'tgan summa to'lab berilgan, ammo "Sevilya" keyingi transhni ham talab qilgan. FIFA ushbu talabni qanoatlantirdi va futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga vaqtinchalik taqiq qo'ydi.

"Fenerbaxche" rasmiy jarayonlar yakunlangach, sankciya tez orada olib tashlanishiga umid qilayotganini takidlamoqda. Jurnalist Yag'iz Sabunjuog'luning ma'lumotiga ko'ra, Turkiya klubi "Sevilya"ga 3 mln evro o'tkazib berishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.fenerbahce.org/