Angliya kompaniyasi "Bordo"ni 1 evroga sotib oladi

26 sen 2026, 16:09
"Bordo" egasini o'zgartirishga yaqin turibdi.

Angliyaning Park Bench investiciya kompaniyasi klubni Jerar Lopesdan ramziy 1 evro evaziga sotib olishga tayyorgarlik ko'rmoqda, deb xabar beradi Sud-Ouest.

Bitim, shuningdek, "Bordo"ning qarzlarini qayta tarkiblashni (restrukturizaciya qilishni) nazarda tutadi: to'lov muddati 10 yildan 12 yilgacha uzaytiriladi, umumiy qarz esa 26 mln evrodan 13 mln evrogacha qisqartiriladi. Lopes o'ziga tegishli bo'lgan qarzdorlikning bir qismidan voz kechadi.

Iyul oyida klub Fransiyaning oltinchi divizioniga tushirib yuborilgan edi, jamoaning apellyaciyalari rad etilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Yahoo