Rasman: Messi Kubogi-2026’ning barcha 16 ishtirokchisi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
24 sen 2026, 11:55
Lionel Messining rasmiy saytiga ko'ra, Messi Kubogi-2026 bahslari Mayamida 25 oktyabrdan 1 noyabrga qadar bo'lib o'tadi.

Bu yil musobaqada dunyoning eng mashhur futbol akademiyalaridan 16 ta U-16 jamoasi qatnashadi, bu esa ilk turnirdagiga qaraganda ikki baravar ko'pdir.

Turnir tashkilotchilari quyidagi 16 klub ishtirokini tasdiqladi:

Argentina: “Boka Xuniors”, “Nyuells Old Boyz”, “River Pleyt”

Braziliya: “Flamengo”, “Palmeyras”

Ekvador: “Independente del Valle”

Ispaniya: “Atletiko Madrid”, “Barselona”, “UE Kornelya”

AQSH: “Inter Mayami”

Angliya: “Arsenal”, “Chelsi”, “Manchester Siti”

Italiya: “Inter Milan”

Niderlandiya: “Ayaks”

Portugaliya: “Benfika”

"Inter Mayami" yana turnirga mezbonlik qiladi, uning asosiy arenasi "Inter Mayami CF" stadioni bo'ladi. Shuningdek, musobaqa davomida klubning "Florida Blyu" mashg'ulot markazidan ham foydalaniladi.

Tashkilotchilar ishqibozlar turnirni o'z hududlariga qarab Disney+, ESPN+ va ESPN telekanallarida tomosha qilishlari mumkinligini tasdiqlashdi. O'yinlarning to'liq taqvimi va qo'shimcha tafsilotlar keyinroq e'lon qilinadi.

Takidlash joizki, dastlabki Messi Kubogi 2025 yilda bo'lib o'tgan va unda sakkizta yoshlar jamoasi qatnashgan edi. Ikkinchi musobaqada esa bu ko'rsatkich ikki barobar ortib, 16 ta jamoani tashkil etmoqda hamda to'qqizta mamlakat akademiyalarini birlashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: messicup.com