Manba: Husniddin Aliqulov O'zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olgandi

Оқил Абдубарноев
26 sen 2026, 15:40
Turkiyaning "Rizespor" klubi bir necha kun ilgari sentyabr – oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasida milliy va yoshlar terma jamoalariga yo'l oladigan futbolchilari ro'yxatini ma'lum qildi.

O'zbekistonlik futbol muxlislari uchun e'tiborli jihati shundaki, jamoa legioneri Husniddin Aliqulov O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan ro'yxatidan joy olgan. Chaqiruv haqida klub bayonotida ma'lum qilingan.

Snimok ekrana 2026-09-26 153106.png

Eslatib o'tamiz, mahoratli himoyachi joriy yilning yanvar oyida jiddiy jarohat olgan va shundan beri yashil maydonga tushgani yo'q. Ayni paytda u asosan tiklanish va reabilitaciya jarayoni bilan band. Shu sababli futbolchi hozircha milliy jamoaning yakuniy tarkibiga kiritilmagan.

Avvalroq "Braga"ning o'zbekistonlik ikki nafar futbolchisi Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov milliy terma jamoaga chaqiruv olgani haqida klub rasmiy sahifasida e'lon qilingandi, biroq ular ham yakuniy ro'yxatga kiritilmagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Ризеспор" матбуот хизмати