Ayham Usu: "O'zbekiston – mundial darajasidagi jamoa"

Оқил Абдубарноев
26 sen 2026, 13:54
Suriya terma jamoasi markaziy himoyachisi Ayham Usu FIFA kunlari doirasida Iordaniya va O'zbekistonga qarshi bo'lajak o'yinlar haqida fikr bildirdi.

"Hozirgi vaqtda asosiy maqsadimiz – futbolchilar o'rtasidagi o'zaro tushunishni shakllantirish va mundial darajasidagi va Osiyoning eng yaxshi terma jamoalaridan bo'lgan Iordaniya va O'zbekistonga qarshi o'tadigan ushbu xalqaro tanaffusdan imkon qadar unumli foydalanish", dedi Belgiyaning "Sharlerua" klubi 26 yoshli futbolchisi.

Eslatib o'tamiz, Suriyaning O'zbekistonga qarshi uchrashuvi 1 oktyabr sanasiga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia