

Belgiyaliklar bosh murabbiyi yarim himoyachi Jahon chempionatidagidan ko'ra yaxshiroq harakat qilganini ta'kidladi.
- De Bryuyne JCHdagidan ko'ra yaxshiroq o'ynadi. Bu mening xizmatim emas, balki uning o'z mehnati evaziga bo'ldi. Men Kevin hozir Jahon chempionatidagiga qaraganda kuchliroq deb hisoblayman.
Har bir futbolchi o'z rolini bilib, undan talab qilingan narsani bajarsa, bizda o'yinlar taqdirini hal qila oladigan Kevin kabi futbolchi bor. U Belgiya futboli tarixidagi eng yaxshi o'yinchi bo'lib qolmoqda, - dedi van Bommel.
Italiyaga qarshi o'yinda De Bryuyne maydonda bir soatga yaqin harakat qildi.



