

Avvalroq Skalonining Argentina terma jamoasi bilan bitimni 2 yilga uzaytirishga yaqin turgani xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, 48 yoshli mutaxassisning amaldagi kelishuvi joriy yilning dekabr oyigacha mo'ljallangan.
“Hozircha hech qanday yangilik yo'q. Yaqin kunlarda men assotsiatsiya prezidenti bilan uchrashaman. Kecha ko'rishmoqchi edik, ammo tish shifokoriga borishim kerak bo'lib qoldi va uchrasha olmadik.
Bugun esa u Paragvayda. Biz gaplashib olamiz. O'tirib gaplashib olishga xohish juda katta, ammo e'lon qiladigan yangiligimiz bo'lsa, buni albatta amalga oshiramiz. Hozircha esa hammasi avvalgidek.
Bu yerda qolishni xohlaymiz, biroq prezident bilan ko'p narsalarni muhokama qilib olishimiz lozim. Tabiiyki, bunday hissiyotlarga boy turnirdan so'ng doimo rejalarni qayta ko'rib chiqishga to'g'ri keladi. Takrorlayman: prezident bilan o'tirib gaplashib olamiz”, – dedi Skaloni.



