

"Nega men "Oltin to'p"ni yutishga loyiqman? Axiyri, buni hamma biladi - o'tgan mavsumda men qo'lga kiritgan sovrinlar bunga dalil. Shubhasiz, men eng ko'p sovrin yutgan futbolchiman, ammo o'zini o'zi reklama qilishni boshqalarga qo'yib beraman.
Albatta, har bir insonga uning mehnati munosib baholangani yoqadi. Menimcha, oxir-oqibat qilingan barcha mehnatlar uchun etirofga sazovor bo'lish juda yoqimli, nega yo'q? Umid qilamanki, qachondir men ham shaxsiy sovrinni boshim uzra baland ko'tara olaman", – dedi Ruis.
"Oltin to'p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.



