Skaloni: Nohaq hakamlik? Yo'q, Argentina yutqazdi, chunki Ispaniya yaxshiroq o'ynadi"

22 iyul 2026, 08:55
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hakamlik darajasi uning jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati finalidagi natijasiga ta’sir qilmadi deb hisoblaydi.

O'sha o'yinda argentinaliklar Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. Uchrashuvda bosh hakam sifatida Slavko Vinchich ishladi.

"Hakamlik nohaq bo'ldimi? Yo'q, yo'q. Biz yutqazdik, chunki ular yaxshiroq o'ynashdi. Biz ularning yaxshiroq o'ynaganini tan olishimiz kerak. Ehtimol, biz finalga mutlaqo holdan toygan holda yetib kelgandirmiz, haqiqat shunda. Ammo bazida raqibning kuchliroq bo'lganini tan olish foydali, chunki bu bizni yanada kuchliroq qilishi mumkin", - deya Skalonining so'zlarini "All About Argentina" X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida keltiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: All About Argentina