

"O'zimni xuddi jamoani boshqara boshlagan ilk kunimdagidek his qilyapman. Meni tanqid qilishgani, g'alabalar qozonganimiz yoki jahon chempionatini boshlash uchun yana shu yerda turganim sababli hech narsa o'zgarib qolgani yo'q. Muvozanat - eng to'g'ri so'zdir. Biz o'z ishimizni qo'limizdan kelgancha eng yaxshi tarzda bajaryapmiz. Argentina terma jamoasi va vatanimiz uchun bor kuchimizni ishga solishga harakat qilamiz. Xotirjamlik bizda doim bo'lgan. Mening tuyg'ularim o'sha-o'sha. Tajriba senga xotirjamlik bag'ishlaydi, ammo mas'uliyat darajasi o'zgarishsiz qoladi. Biz hech kimdan ustun emasmiz, lekin boshqalardan kam ham emasmiz.
JCHdagi ilk o'yindan nimalar kutyapman? Bu shunchaki futbol uchrashuvi. Bizda avvalgi jahon chempionati tajribasi bor va u shuni ko'rsatdiki, birinchi o'yin qanchalik muhim bo'lmasin, u hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Ilk o'yin bilan hamma narsa tugab qolmasligiga ishonchimiz komil. Bizni ajoyib futbolchilarga ega juda kuchli jamoaga qarshi bahs kutmoqda. Biz o'zimizga ishonamiz va turnirga yaxshi sport formasida yetib keldik", - deya Skalonining so'zlarini As nashri keltiradi.



