

Bu haqda Tunis futbol federatsiyasi rasman e'lon qildi. JCH-2026 guruh bosqichining ilk uchrashuvida Tunis jamoasi Shvetsiya termasiga 1:5 hisobida yirik ko'rinishda mag'lub bo'ldi. Shundan so'ng, sobiq murabbiy Sabri Lyamushi iste'foga chiqarildi.
"Tunis futbol federatsiyasi Erve Renarning 2026 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qiladi. U o'z vazifasini bajarishga bugundan boshlab kirishadi. Kelishuvda, shuningdek, jahon chempionatidagi ishtirok yakunlanganidan keyin aniq sport maqsadlariga asoslangan uzoq muddatli hamkorlik bo'yicha muzokaralar boshlanishi ham ko'zda tutilgan", - deb yozadi TFF matbuot xizmati.



