

Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha uchta mamlakat - AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi.
"Avval aytganimdek, bu jamoa yarim yo'lda to'xtab qolmaydi. Menimcha, biz buni har qanday raqibga qarshi o'yinda isbotlab bo'lganmiz. Bu g'olib jamoa doim yanada ko'prog'ini xohlaydi. Biz bosqichma-bosqich, lekin katta ishtiyoq bilan harakat qilamiz", – dedi Messi.
Argentina mundialda Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan bir guruhda o'ynaydi. Argentina 2022 yilgi turnirda g'olib chiqqan va finalda Fransiyani mag'lub etgan (3:3, penaltilar seriyasida - 4:2).



