"Yuventus" JCH g'olibi bilan kelishuvga erishdi

10 iyun 2026, 10:15
"Aston Villa" va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines yaqin orada "Yuventus" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Janluka Di Marcio bergan xabarga ko'ra, tomonlar allaqachon uch yillik shartnoma shartlarini kelishib olishgan.

Shu bilan birga, futbolchi "Aston Villa"da olayotgan maoshiga nisbatan ancha kamroq pul to'lanishiga rozi bo'lgan.

33 yoshli Martines Argentina terma jamoasi safida 2022 yilgi jahon chempioni hisoblanadi, yakunlangan mavsumda esa u Yevropa Ligasida g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://x.com/DiMarzio