

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning yangi mehmonxonaga joylashganiga uning irimlari sabab bo'lgani haqidagi gaplarni tasdiqlamadi.
Ertaga Madrid klubi Chempionlar Ligasi yarim finali doirasida "Arsenal"ga qarshi javob o'yinini o'tkazadi. Madridda kechgan ilk bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.
Bugun tarmoqlarda Simeonening Londondagi mehmonxona bo'yicha iltimosi haqida ma'lumotlar tarqaldi: u jamoa oktyabr oyida to'xtagan mehmonxonada qolishni istamagan. O'shanda madridliklar turnirning umumiy bosqichida "Arsenal"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.
– Mehmonxonani irim-sirimlar tufayli o'zgartirganingizni eshitdik. Bu haqiqatmi?
– Hozir biz oktyabr oyidagidan ko'ra yaxshiroq holatdamiz. Boshqa mehmonxona arzonroq edi, shu sababli uni o'zgartirishga qaror qildik, – dedi Simeone.



