YCHL saralashi. Rahmonalievning goli hisobga olinmadi, ammo jamoasi g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2026, 23:26
UEFA Chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvi doirasida Ozarbayjonning "Sabah" jamoasi Finlyandiyaning "KuPS" jamoasini qabul qildi.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev to'p tepadigan Ozarbayjon jamoasi 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. 33 daqiqada Rahmonaliev o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan edi, ammo VAR golni hisobga olmadi. 45+1 daqiqada Simich urgan gol bahsda yagona bo'lib qoldi.

Umarali Rahmonaliev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va bahsda to'liq ishtirok etdi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 28 iyul kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia