

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Xorazm" bosh murabbiyi Sergey Tokov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Juda quvnoq bahs guvohi bo'ldik. O'ylaymanki, o'yin stadionga kelgan muxlislarga yoqdi. Kurashlarga boy o'yin kechdi. Biz uchun bu bahsga tayyorlashnish og'ir bo'ldi, chunki Superligada birinchi davrani tugatdik va yigitlar xayolan dam olishda. Shunga qaramay yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Yigitlarga rahmat, qiyinchilik bilan bo'lsa-da g'alaba qozondik. Har ikki taymda vaziyatlarga ega bo'ldik. Raqib ham yaxshi tasssurot qoldirdi. "FarDU" jamoasiga Kubokda va Proligada omad tilayman.
- Legionerlar bugungi bahsda qanday harakat qildi?
- Bazi legionerlarimizda hamon o'yin qovushmayapti, doim ular bilan gaplashyapmiz. Bugun safimizda uch nafar xorijlik harakat qildi va ularning o'yinga o'zlarini bag'ishlashi menga yoqdi. Ammo ishlaydigan jihatlarimiz hali ko'p.
- "Xorazm" jamoasining O'zbekiston Kubogidagi maqsadi?
- Birinchi vazifa guruhdan chiqish. Undan keyin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Bizda katta vazifa yo'q, lekin har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz.
- Bugun jamoangiz qarshi hujumlarda o'ynadi, shunga fikringiz?
- Bilasizmi, raqib o'yin uslubidan kelib chiqib harakat qilmaymiz, balki o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Birinchi taymda har ikki jamoa xatolarga yo'l qo'ydi. Tanaffusdan keyin raqib ko'proq hujum uyushtirdi va biz qarshi hujum taktikasini tanladik. Bu esa ish berdi.



