

Morgan Rojers va "Chelsi" transfer hujjatlarini rasmiylashtirishdi. Avvalroq "Aston Villa" yarim himoyachini 117 million funt sterlingga sotishi haqida ma'lumot paydo bo'lgandi. 23 yoshli yarim himoyachi tarixdagi eng qimmat ingliz futbolchisiga aylanadi. The Athletic xabariga ko'ra, Rojers allaqachon shartnoma imzolab bo'lgan. Kelishuv olti yilga mo'ljallangan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish opciyasini o'z ichiga oladi. Morgan yangi jamoasiga uning Avstraliya va Osiyo bo'ylab mavsumovoldi turnesi vaqtida (28 iyuldan 9 avgustgacha) qo'shilishi kutilmoqda.


