

Unda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va himoyachi G'olib G'aybullaev ishtirok etdi.

“O'ylaymanki, tayyorgarligimiz etarlicha bo'ldi. Yigitlarga raqib to'g'risida to'liq axborot berdik. Imkon qadar yaxshi o'rganishga harakat qildik. Qolaversa, o'tgan yili Elit OCHLda bu jamoa bilan o'ynagandik. Qanchalik kuchga egaligini yaxshi bilamiz. O'ylaymanki, yigitlarimiz har tarafdan bu o'yinga tayyor. Bu turnirdagi ikkinchi o'yiniz. Hammasi oldinda. Ikki jamoaning ham bu turnirdagi maqsadi jiddiy. Guruhdan chiqish uchun ochko yig'ish kerak bo'ladi. Buning uchun ertaga albatta ikki jamoa ham bor kuchi bilan harakat qiladi. Asosiysi, biz o'z o'yinimizga e'tibor qaratishimiz kerak. Ertaga muxlislarning tashrifi yaxshi bo'ladi. Muxlislarimiz bilan birgalikda futbol uchrashuvini bayramga aylantirishga harakat qilamiz”, – dedi Berdiev.
“Ertaga qiyin o'yin kutib turibdi. Biz tayyorgarlik ko'rgan vaqtimiz bitta o'yinchiga emas, umumiy jamoga qarshi o'yinga tayyorgarlik qilamiz. To'g'ri, mahoratli o'yinchilari bor. Ularni to'xtatamiz degan umiddamiz. Jamoamizda kayfiyat ham yaxshi. Muxlislarimizning oldida g'alaba qilib, ularni xursand qilishga urinamiz”, – dedi G'aybullaev.

- Siz raqib jamoani yaxshi o'rganadigan murabbiylar sirasiga kirasiz. Har qanday raqibning kuchli va kuchsiz tomonlari bo'ladi. Ularning kuchsiz tomonlarini topa oldingizmi?
- Bilasizmi, bu jamoani o'rganganish ozgina qiyinchilik tug'dirdi. Mashhur o'yinchilari bo'lmasa ham ko'p legionerlarga ega jamoa ekan. Bazi bir futbolchilarini kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani uchun to'liq o'rganish imkoniyati bo'lmadi. Chunki beshta tur o'tkazdi va Kubok o'yinlarini o'ynadi. Har xil tarkibda, rotaciya qilgan holda to'p tepdi. Shuning uchun hozir bu jamoaning aniq bir tarkibi yo'q. Ertaga mana bu futbolchilar bilan to'liq tarkibda chiqadi, degan bir aniq ko'rsatma bermadik. Lekin har bir o'yinchi haqida, zaxira o'yinchisimi yoki asosiy tarkib o'yinchisimi, yigitlarga kuchli-kuchsiz tarafini o'rganishga, etkazishga harakat qildik.
Bu jamoada sotib olingan legioner o'yinchilar bor, mahalliylashtirilgan o'yinchilar bor. 20 ga yaqin legioneri mavjud ekan. Bu degani ertaga biz ko'proq legioner bo'lgan o'yinchilarga qarshi maydonga chiqamiz.
O'ylaymanki, yigitlarga etarlicha informaciya bera oldik. Bu jamoaning kuchli tarafini yoki kuchsiz tarafini aniq bilamiz. Kuchli tarafini yopishga, kuchsiz tarafidan foydalanishga harakat qilishimiz kerak bo'ladi. Bu turnir o'zi mahoratli jamoalar, kuchli jamoalar qatnashadigan turnir. Bu yerda sizdan tartib va e'tibor talab qilinadi. Kerakli joyda himoyada ham, hujumda ham mahorat kutiladi.

- Bugungi kunda jamoa a'zolari U-23 terma jamoasi bilan musobaqada qatnashib, ancha ko'nikmaga ega bo'ldi. Siz qanday fikrdasiz, hozir yoshlar xalqaro o'yinlarga qanchalik tayyor?
- Ularga to'liq ishonamiz. Bekorga ularga bu yil ko'p imkoniyat bermadik va asosiy tarkib bilan o'zi ular shug'ullanib, mahoratini oshirib borishi ham ular uchun katta maktab, katta tajriba. O'ylaymanki, hozirgi holatda ham ularni bemalol qo'rqmasdan qo'yishimiz mumkin. Ular kelajakda jamoamizga foyda keltiradi. Bundan juda xursandmiz. O'yinchilarimiz Olimpiya terma jamoasida ham o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatdi. Bu degani yangi avlod tayyor bo'lib kelyapti. To'rttala futbolchimiz ham muhim o'rin egallaydigan o'yinchi bo'lsa, albatta jamoamizni muvaffaqiyatli deb hisoblaymiz. O'sha maqsadda yigitlarga imkoniyat beryapmiz, tajribasini oshiryapmiz.
- G'aybullaevga savol. Jamoadoshlaringizning tayyorgarligi va kayfiyati haqida ma'lumot bera olasizmi? Sizlar uchn natija muhimmi yoki muxlislar uchun chiroyli o'yin ko'rsatishmi?
- Albatta, jamoadoshlarimning kayfiyati yaxshi. Bilasiz, bundan oldingi o'yinlarda ijobiy natijalar qayd etdik. Vaziyatdan kelib chiqib ham chiroyli, ham natija uchun o'ynaymiz.





Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Al Vahda” uchrashuvi 14 oktyabr kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionida 18:45 da start oladi.



