

✅ "Neftchi" – "Xorazm"
Mutlaqo odatiy havodagi kurash. Ikki futbolchi ham yuqoriga sakragan, tirsaklar ishlatilmagan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish va "Neftchi"ning golini hisobga olish.
❌ "Qo'qon-1912" – "Mashal"
Fikrimizcha, dastlab futbolchilar qoidalar doirasida poziciya uchun kurash olib borishgan. Itarib yuborish yoki ushlab qolish holatlarini ko'rmayapmiz. So'ngra "Mashal" hujumchisi poziciyani yutadi, "Qo'qon-1912" himoyachisi esa uni ochiqchasiga ikki qo'li bilan ushlab, maysazorga qulatadi. Bizning fikrimizcha, to'g'ri qaror – hujumkor jamoa foydasiga jarima zarbasi belgilash va himoyachiga istiqbolli hujumni uzib qo'ygani uchun sariq kartochka ko'rsatish, chunki qoidabuzarlik vaqtida to'p to'liq hujumchining nazoratida emas edi.
✅ "Qo'qon-1912" – "Mashal"
Bu yerda himoyalanuvchi jamoa ("Mashal") foydasiga jarima zarbasi belgilagan hakamning qaroriga qo'shilamiz. "Qo'qon-1912" futbolchisi qo'li bilan to'p tomon harakat qilgan, shundan so'ngragina himoyachi qo'li bilan o'ynagan.
✅ "Buxoro" – "Andijon"
Amalda "Qo'qon-1912" – "Mashal" uchrashuvidagi holatga o'xshash vaziyat. To'p "Andijon" hujumchisining nazoratida emas edi. Qizil kartochka ko'rsatilishi uchun vaziyat yaqqol bo'lishi kerak, biroq bu yerda hujumchi to'pni egallab olishga ulgurardi, deb takidlay olmaymiz. Hakam va VAR qaroriga qo'shilamiz. Sariq kartochka.
✅ "Buxoro" – "Andijon"
"Buxoro" himoyachisi, fikrimizcha, qo'l bilan o'ynamagan. Qo'l mazkur harakat uchun tabiiy holatda bo'lgan, tanadan uzoqlashmagan va to'p tomon qo'shimcha qo'l harakati amalga oshirilmagan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.
✅ "Nasaf" – "Dinamo"
Ushbu vaziyatda biz "Dinamo" hujumchisi va "Nasaf" himoyachisining oyoqlari o'rtasidagi kontaktni ko'rmayapmiz. Hakamning xatosini tasdiqlash uchun inkor etib bo'lmaydigan dalillar bo'lishi kerak, ushbu rakurslardan esa bizda bunday dalillar mavjud emas. O'yin davom ettirilishi kerak.
✅ "Nasaf" – "Dinamo"
"O'zimizdan – o'zimizga" qabilidagi klassik vaziyat. Himoyachi yaqqol to'pga o'ynamoqda va to'p klubdoshining qo'liga tegmoqda, u esa qo'li bilan to'p tomon qo'shimcha harakat qilmagan. Hakam to'g'ri yo'l tutdi va o'yinni davom ettirdi.
✅ "Nasaf" – "Dinamo"
Taqdim etilgan barcha takroriy lavhalarni bir necha bor ko'rib chiqib, biz himoya va hujum vakillari tomonidan hech qanday qoidabuzarlikni ko'rmadik. Hakam o'yinni to'g'ri davom ettirgan, deb hisoblaymiz.
❌ OKMK – "Navbahor"
Bizningcha, bosh hakam jarima zarbasi belgilamay va "Navbahor" futbolchisiga qo'pol o'yini uchun sariq kartochka ko'rsatmay xatoga yo'l qo'ydi. U kurashga kirishayotganda raqib uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni hisobga olmadi va o'ylamasdan butsa tishlari bilan raqibning to'pig'iga zarba berdi.
✅ OKMK – "Navbahor"
Murakkab vaziyat, chunki hakam fol bo'lgan-bo'lmaganligini va u aynan qayerda sodir etilganligini tushunib olishi kerak edi. Fikrimizcha, hakam yakuniy to'g'ri qarorni qabul qilgan. OKMK himoyachisi tom manoda raqib ustiga sakrab, uni maysazorga qulatgan. Takroriy lavhalarning birida bu holat jarima maydonchasi tashqarisida sodir bo'lganligini ko'ryapmiz. To'g'ri qaror – jarima zarbasi va raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilganligi uchun qizil kartochka.
✅ OKMK – "Navbahor"
OKMK himoyachisi to'pga o'ynashga harakat qilib, unga eta olmaydi va raqibini yiqitadi. Bu yerda biz hakam bilan hamfikrmiz. So'ngra "Navbahor"ning 5-raqamli futbolchisi, sherigi penalti tepayotgan vaqtda, zarbaga qadar jarima maydonchasi ichida bo'lgan, so'ng esa o'yinga aralashib, vaziyatga o'z ta’sirini o'tkazgan. Hakam futbol o'yini qoidalariga muvofiq tarzda erkin zarbani to'g'ri belgilagan.
✅ OKMK – "Navbahor"
OKMK himoyachisi ochiqchasiga raqibiga chalma berib, uni yiqitadi. To'g'ri qaror – penalti va to'p uchun kurash mavjud bo'lgan holatda raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun sariq kartochka.



