Ro'ziqul Berdiev: "Sharof Muhitdinov bitta emas bir nechta poziciyada jamoaga yordam beryapti"

Aslanov Jasurbek
9 sen 2026, 23:47
"Nasaf" hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi Superliga bahsidan (3:0) so'ng mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdiev: “G'alabadan xursandmiz. Muxlislarimiz oqimi ko'paymoqda. Klubdagilar yaxshi ish olib borishmoqda.

Raqib mahorat va tajriba bo'yicha bizdan kuchliroq edi deb bemalol aytish mumkin. Standartlarga e'tibor qaratdik, “Bunyodkor”ga bosim o'tkazdik. Sodir bo'lgan xatolardan unumli foydalandik”.

- Rahmatovning jarohati jiddiy emasmi? Shala ko'rinmadi bugun…
- Bekjonning ahvoli tibbiy tekshiruvdan so'ng ma'lum bo'ladi. Shalada engilroq jarohat va shamollash bor edi. U keyingi bahslarda ishtirok etadi deb o'ylayman.

- “Nasaf” xalqaro maydonda ishtirokini boshlaydi. Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yildi?
- Hozircha rahbariyat bilan bu borada suhbatlashishga ulgurmadik. Ammo ular bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. “Nasaf”ning maqsadi doimgidek jiddiy bo'ladi.

- Xalqaro o'yinlar oldidan jarohatlardan tashqari yana nima sizni bezovta qilmoqda?
- To'g'ri aytdingiz, jarohatlar eng asosiysi. Bundan tashqari futbolchilarning toliqishi ham bor. Tiklanishga ko'proq e'tibor qaratamiz.

- Olimpiya terma jamoasiga “Nasaf”dan 5 nafar futbolchi jalb qilinibdi. Bu jamoaga ta’sir qiladimi?
- Oldindagi 2 ta bahsdan o'tib olsak terma jamoalar tanaffusi bo'ladi. Bu vaqt ichida ular ham qaytib kelsa kerak.

- Sharof Muhitdinov o'zining eng yaxshi formasida deyish mumkinmi?
- Albatta. Sharof bitta emas bir nechta poziciyada jamoaga yordam beryapti.

- OCHL 2 guruhidagi raqiblaringiz haqida nima deya olasiz?
- Bu musobaqada kuchsiz jamoa bo'lmaydi. Turnirda mamlakat chempioni va vice-chempionlari ishtirok etadi. Raqiblarimiz jiddiy.

- OCHL 2dagi raqiblaringiz saviyasini “Neftchi”dan ustun deya olasizmi?
- Yo'q. “Neftchi” Elit OCHLda ishtirok etadi. Tarkib jihatdan kuchli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia