


“Biz uchun bu juda muhim musobaqa. Raqibni hurmat qilamiz, “Nasaf” o'z maydonida va muxlislari qarshisida juda kuchli hamda sermahsul o'yin ko'rsatadi. Ular ayniqsa jamoaviy va dinamik harakat qilishda ustun. Raqibning 10-raqamli hujumchisi hamda 7 va 14-raqamli yarim himoyachilari bizga xavf tug'dirishi mumkinligini inobatga olib, ularning kuchli jihatlarini yopishga harakat qilamiz.
Bizda yangi jamoa shakllanmoqda, ammo tarkibimizda o'tgan mavsum „Nasaf“ga qarshi o'ynagan futbolchilar bor va ular bizga kerakli ma'lumotlarni berishdi. O'yin 5-10 daqiqada hal bo'lib qolmaydi, shuning uchun himoya va hujum muvozanatini saqlab, o'z strategiyamiz asosida 90 daqiqa sifatli to'p tepishimiz shart.
So'nggi o'yinlardagi rotaciyaga kelsak, FIFA kunlaridagi charchoq, jarohatlar va sifatli o'yinchilarimizni sinovdan o'tkazish istagi bunga sabab bo'ldi. Ertaga 3 ochko uchun maydonga tushamiz. Shuningdek, bizni Qarshida juda iliq, sovg'alar bilan kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildiraman, bunday ehtirom klublar o'rtasidagi do'stona aloqalarni mustahkamlaydi”, – dedi Shamuska.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Al Vahda” uchrashuvi 14 oktyabr kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionida 18:45 da start oladi.



