Brunu Fernandesh: "Juda xafaman, bu jamoadan umidim katta edi"

10 iyul 2026, 00:49
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh JCH–2026dagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin keyin o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Juda xafaman va qattiq tushkunlikka tushdim. Bu jamoadan juda katta natijalar kutgandim. Nafaqat futbolchilarning mahorati tufayli, balki yillar davomida haqiqiy jamoaviy muhitni shakllantira olganimiz uchun ham.

Jahon chempionati davomida biz bilan birga mehnat qilgan barcha futbolchilarga, murabbiylar shtabiga va har kuni yonimizda bo'lgan insonlarga minnatdorchilik bildiraman.

Shuningdek, bizga ishongan va qo'llab-quvvatlagan barcha portugaliyalik muxlislarga ham katta rahmat", - deb yozadi Brunu.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi JCH–2026 1/8 finalida Ispaniyaga minimal hisobda mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: instagram.com/brunofernandes8