"Al Nascr" klubi Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi transferi bo'yicha kelishuvga erishdi - Romano

18 iyul 2026, 09:50
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu to'p suradigan Saudiyaning "Al Nacsr" klubi shu yozda erkin agent maqomida jamoani tark etgan tayanch yarim himoyachisi Marselo Brozovichning o'rniga nomzod topdi.

Insayder Fabricio Romanoning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, Ar-Riyod klubi Ispaniyaning "Malorka" jamoasi xavbeki Samu Koshta transferi bo'yicha kelishuvga erishgan.

Manbaga ko'ra, Ronalduning 25 yoshli vatandoshi Germaniyaning "RB Leyptsig" klubidan rasmiy taklif bo'lganiga qaramay, "Al Nascr"ga o'tishga rozilik bergan. Koshta Portugaliya terma jamoasi safida ettita o'yin o'tkazgan. U 2026 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Turnirda yarim himoyachi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Kolumbiyaga qarshi bahsda (0:0) zaxiradan maydonga tushib, 20 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano