Rasman: Trinkau faoliyatini Osiyoda davom ettiradi

18 iyul 2026, 20:56
Portugaliya terma jamoasi vingeri Fransishku Trinkau rasman Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga ko'chib o'tdi.

Tomonlar transfer bo'yicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirib bo'ldi va 25 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Shu tariqa Trinkau Yevropadagi faoliyatini yakunlab, Saudiya Pro-ligasida to'p suradi.

Fransishku Trinkau so'nggi yillarda "Sporting" sharafini himoya qildi. U bunga qadar "Barselona", "Vulverxempton" va "Braga" klublarida ham faoliyat olib borgan.

Trinkau o'tgan mavsumda Portugaliya chempionatining 34 o'yinida qatnashib, 7 gol va 11 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia