"Navbahor", "Surxon", OKMK va "Buxoro" sobiq futbolchisi Kasyan vafot etdi

Aslanov Jasurbek
31 avg 2026, 23:25
"Navbahor", "Surxon", OKMK va "Buxoro"ning sobiq hujumchisi Aleksandr Kasyan 37 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda "Fakel" klubi matbuot xizmati.

Sobiq futbolchining yuragi urishdan to'xtagan.

"Aleksandrning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Ushbu og'ir damlarda qayg'ungizga sherikmiz", - deyiladi xabarda.

Kasyan O'zbekiston chempionati va Kubogining 113 ta bahsida ishtirok etib, 28 ta gol urgan va 10 ta golli pas bergan.

Saytimiz nomidan futbolchining yaqinlariga hamdardlik izhor etamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Факел" матбуот хизмати