

Bahs "Ettore Jardinero - Via Del Mare" stadionida (Lechche, Italiya) bo'lib o'tdi. Uchrashuvda paduyalik Daniele Kiffi bosh hakam sifatida ishladi.
Uchrashuvdagi ilk golni 4-daqiqada "Roma" hujumchisi Doniell Malen urdi. 23-daqiqada Malen dubl qayd etdi. Ikki daqiqa o'tib, mehmonlar yarim himoyachisi Matias Soule hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. 65-daqiqada yarim himoyachi Rodrigu Mora "Lechche" darvozasiga to'rtinchi golni urib, yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:0.
“Lechche” - “Roma” 0:4
Gollar: Malen 4, 23, Soule 25, Mora 65 (avtogol)
Italiya chempionatining 1-turida "Roma" o'z maydonida "Fiorentina"ni tor-mor etgan edi (4:0), "Lechche" esa safarda "Veneciya"ni mag'lub etgan edi (2:0).



