Ronaldu jahon rekordini o'rnatdi

Administrator
15 okt 2025
40 yoshli Ronaldu dunyo rekordlarini o'rnatishdan to'xtamayapti.

Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati saralash o'yinlarida gol urish bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi. Portugaliya terma jamoasining 40 yoshli hujumchisi JCH saralashidan o'rin olgan Vengriyaga qarshi o'yinning 22-daqiqasida hisobni tenglashtirdi va birinchi bo'limga qo'shimcha berilgan vaqtda jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu Ronalduning JCH saralash turnirlaridagi 40- va 41-gollari edi.

Shu tariqa, Ronaldu 2016 yil 6 sentyabrdan beri rekord egasi bo'lib kelayotgan gvatemallik Karlos Ruisni (39 gol) ortda qoldirdi. Ma'lumot uchun, Lionel Messining JCH saralashidagi gollari soni 36 tani tashkil qiladi.



AdministratorMuallif
Manba: OptaSports