Roy Kin: "Messi hali ham Ronaldu darajasiga etgani yo'q"

Iskandarov Abdulaziz
23 iyul 2026, 10:46
Roy Kin Messi va Ronaldu haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" va Irlandiya terma jamoasining sobiq sardori Roy Kin, "Arsenal"ning sobiq hujumchisi Ian Rayt hamda "Manchester Yunayted"ning yana bir sobiq futbolchisi Gari Nevill Lionel Messining jahon futboli tarixidagi o'rni haqida fikr almashdi.

Gari Nevill:
- "Endi Messini Pele va Maradonadan ham yuqori qo'yish mumkinmi? U erishgan yutuqlardan keyin bu haqda gapirish vaqti kelmadimi?”

Roy Kin:
- "Ha, ammo u hali ham Krishtianu Ronaldu darajasiga etgani yo'q."

Bu so'zlaridan keyin Roy Kin kulib yubordi.

Gari Nevill:
- "Menimcha, hozircha uni ana shu eng yuksak pog'onaga qo'yishga tayyor emasmiz."

Mazkur suhbat "The Overlap" ko'rsatuvida bo'lib o'tdi.

Yakunlangan Jahon chempionatida Lionel Messi 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Musobaqa davomida argentinalik yulduz milliy jamoalar ishtirokidagi eng nufuzli turnirlar tarixida 20 ta gollik marradan oshgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, u chempionatning eng yaxshi assistenti bo'ldi hamda Jahon chempionati tarixida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchi sifatida yangi rekord o'rnatdi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: The Overlap