Oksana Chusovitina finalda qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi

19 iyul 2026, 21:54
O'zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan afsonaviy gimnastikachi, Olimpiya chempioni Oksana Chusovitina JCH–2026 finali oldidan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Sakkiz bor Olimpiya o'yinlarida qatnashgan tajribali sportchining takidlashicha, Messi ham, Ronaldu ham yoshiga qaramay eng yuqori darajada harakat qilmoqda.

"Messining qanday yugurayotgani va qanday o'ynayotganiga qarang. U maydonda shunchaki yurmaydi, jamoasi uchun kurashadi. Xuddi shunday Krishtianu Ronaldu ham juda yaxshi o'ynadi. Menimcha, u ushbu jahon chempionatida Messidan kam harakat qilmadi. Har bir sportchi bunday yirik musobaqaga faqat g'alaba qozonish orzusi bilan keladi", - dedi Chusovitina.

Shuningdek, u Jahon chempionati finalida qaysi jamoaga muxlislik qilishini ham aytdi.

"Men Argentinaga muxlislik qilaman! Bugun qaysi jamoa yaxshiroq o'ynasa, o'sha g'alaba qozonadi. Har kimning o'z muxlislari bor, men esa argentinaliklarni qo'llab-quvvatlayman.

Menimcha, hisob 2:1 bo'ladi. Messi esa albatta gol uradi. Ijtimoiy tarmoqlarda Argentiyaga hakamlar yordam beryapti, degan gaplarni o'qiyman. Menimcha, mag'lubiyatni ham munosib qabul qilish kerak. G'alabaga eng kuchli jamoa loyiq bo'ladi", - deya qo'shimcha qildi u.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com