Ronaldu klubida ulkan muammo: "Al Nassr"ga transfer taqiqi tahdid solmoqda

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2026, 18:15
Yulduzli hujumchi Krishtianu Ronaldu to'p tepayotgan “Al Nassr” klubi og'ir moliyaviy vaziyatga tushib qoldi.

“Arriyadiyah” ma'lumotiga ko'ra, klubning umumiy qarzi 187 million evrodan oshib ketgan.

Xabar qilinishicha, “Al Nassr”ga egalik qiluvchi Saudiya Arabistoni Davlat investiciya jamg'armasi inqirozdan chiqish yo'llarini izlashga kirishgan.

Vujudga kelgan majburiyatlar o'z daromadlari - homiylik shartnomalari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan qoplanmasa, klubga yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yilishi mumkin.

Bundan tashqari, “Al Nassr” akciyalarining bir qismini yangi investorga sotish varianti ham ko'rib chiqilmoqda. Manbaga ko'ra, Davlat investiciya jamg'armasi klubdagi ulushni sotib olish bo'yicha ikkita taklifni o'rganmoqda.

Tarkibida Krishtianu Ronaldu kabi yulduzlar borligiga qaramay, moliyaviy qiyinchiliklar jamoaning keyingi rivojlanishi va transfer siyosatiga jiddiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Cheklovlar joriy etilsa, “Al Nassr” yaqin oradagi transfer oynalarini tarkibni kuchaytirish imkoniyatisiz o'tkazib yuborish xavfi ostida qoladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Arriyadiyah