Romano: “Manchester Siti” Husanov va Doku bilan shartnomani uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2026, 12:30
Mashhur insayder Fabricio Romano "Manchester Siti" a'zolari Abduqodir Husanov va Jeremi Doku bilan bog'liq xabar chop etdi.
3.jpg

“Manchester Siti” Husanov va Doku bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi bitim bo'yicha kelishib oldi.

“Lans”dan kelib qo'shilgan Abduqodir Husanovning maoshi sezilarli darajada oshadi va shartnoma 5 yilga uzaytiriladi.

Jeremi Doku allaqachon barcha shartlarga rozi bo'lgan va tez orada yangi bitim kuchga kiradi. Vinger ham 5 yillik bitimga imzo chekadi”, – deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano