Roberto Martines JCH-2026 dan so'ng Portugaliya terma jamoasini tark etadi. Murabbiy shartnomani uzaytirmaydi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2026, 21:50
Roberto Martines Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi.

Roberto Martines JCH-2026 turniri yakunlanganidan so'ng, natijalardan qati nazar, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketadi. Bu haqda "talkSPORT" xabar bermoqda. 52 yoshli mutaxassis joriy yilning iyul oyida yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Takidlanishicha, Martines faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda. U APL ga qaytishi yoki boshqa Yevropa chempionatida ishlashi mumkin. Shuningdek, boshqa terma jamoada ishlash varianti ham istisno etilmayapti. Ispaniyalik mutaxassis Portugaliya terma jamoasini 2023 yilning yanvaridan buyon boshqarib keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT