Ronaldu JCH-2030 da ham ishtirok etishi mumkin?

1 iyun 2026, 08:55
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa sardori Krishtianu Ronaldu Portugaliya, Ispaniya va Marokash mamlakatlarida bo'lib o'tadigan 2030 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishga qodir ekanligiga ishonchi komil.

JCH-2030 vaqtida Krishtianu 45 yoshda bo'ladi.

"Ronaldu JCH-2030da o'ynashga qodirmi? Bunga hech kim shubha qilmasligi kerak. U bunga loyiq.

Biz Portugaliyadagi barcha yosh futbolchilar Ronalduning modelini o'zlashtirishini juda xohlardik, chunki u namuna bo'ladigan shaxsdir.

Biz, terma jamoa murabbiylar shtabi, shunday xulosaga keldik: Krishtianu Ronaldu qandaydir aniq bir jamoaviy yoki individual unvon uchun o'ynamaydi. Krishtianuni uning nima eyishi emas, undagi mavjud bo'lgan g'alabaga bo'lgan ochlik belgilaydi. U nimaiki yutgan bo'lmasin, ertasigayoq unda yana o'sha ochlik - yanada yaxshiroq bo'lish istagi uyg'onadi.

Men Chempionlar ligasi yoki "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan va ertasi kuni ishtiyoqi yo'qolgan ko'plab futbolchilar bilan ishlaganman. Ronaldu misolida esa biz butunlay boshqacha mentalitet namunasini ko'rmoqdamiz. O'ylaymanki, aynan shu narsa unga uzoq vaqt davomida ushbu darajada qolishiga imkon bermoqda. Albatta, bu yerda genetika va u amalga oshirayotgan mehnatning ham o'rni bor: u o'z organizmiga yordam bera oladigan barcha narsadan foydalanadi. Ammo eng asosiysi - uning mentalitetidir", - dedi Martines Cadena SER nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar