Patrik Vieyra: "Senegalda Fransiyani mag'lub etish uchun etarlicha sabablar bor. Mustamlakachilik, davlat tili – francuz tili, futbolchilar Fransiya akademiyalarida tarbiyalangan"

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2026, 22:20
Patrik Vieyra Senegalning Fransiyaga qarshi o'yindagi motivaciyasi haqida gapirdi.

Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra Senegal futbolchilari Fransiya jamoasini mag'lub etishga harakat qiladimi, degan savolga javob berdi. Fransiya va Senegal 16 iyun kuni JCH-2026 1-turi doirasida o'zaro bahs olib boradi.

"Ha, ular bunga harakat qilishadi. Bu o'yin sanasi anchadan beri o'yinchilarning xayolida. Senegalda buning uchun turli sabablar bor. Senegalning mustamlaka bo'lgani sababli. Senegalda asosiy til – francuz tili. Ko'pchilik senegallik futbolchilar Fransiyadagi akademiyalarda talim olgan va Fransiya futbol muhitida o'sgan. Ular uchun bu katta o'yin. Ular juda motivlashgan bo'ladi. Bunda shubha yo'q", – dedi Patrik Vieyra.

"Men Fransiya uchun o'ynaganimdan va bu libosni 107 marta kiyganimdan juda faxrlanaman. Ammo Senegal ham men uchun muhim. Qalbimning tubida inson sifatida kimligimni tushunaman. Men Senegalda tug'ilib o'sganman. Talimim, oilam, senegal madaniyati, afrika madaniyati – bularning barchasi menga tegishli va ular doimo men bilan birga qoladi. U yerda hali ham oilam bor. Akademiyam ham o'sha yerda. Men u yerda uch oy oldin bo'lgandim va iloji boricha tez-tez borishga harakat qilaman, chunki bu mening madaniyatimning bir qismi. Men aynan shunday insonman", – deb qo'shimcha qildi Vieyra.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic