Jaloliddin Masharipov JCH-2026da ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2026, 20:40
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan tarkibda o'zgarishga majbur bo'ldi.

Jamoa yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov FIFA tibbiy qo'mitasining xulosasiga ko'ra, turnirda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

Uzoq muddat o'yin amaliyotisiz qolgan Jaloliddin Masharipov tezroq safga qaytarish uchun tibbiy shtab tomonidan individual tayyorgarlik dasturi ishlab chiqilgan edi. Biroq FIFA tibbiy qo'mitasi o'tkazilgan tekshiruvlar tahlilini o'rganib chiqib, futbolchining turnirda qatnashishi imkonsiz deb topdi.

Masharipovning o'rniga yakuniy ro'yxatga Ruslanbek Jiyanov kiritildi.

Milliy jamoamiz Atlanta shahrida yakuniy tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazib bo'ldi va endilikda Kolumbiyaga qarshi o'yin o'tkaziladigan Mexiko shahriga yo'l olmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA