Fransiya - Senegal: Jamoalarning asosiy tarkiblari ma'lum

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2026, 22:51
2026 yilgi Jahon chempionatining I guruhi 1-turidan o'rin olgan Fransiya va Senegal terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

O'yin AQSHning Ist-Raterford shahridagi "Metlayf" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvni avstraliyalik bosh hakam Alireza Fagani boshqarib boradi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari:

Fransiya: Menyan, Kunde, Yupamekano, Saliba, Teo Ernandes, Tchuameni, Rabo, Olise, Dembele, Mbappe, Due.

Senegal: Mendi, Diatta, Nyakate, Kulibali, Diuf, Kamara, Idrissa Geye, Pap Geye, Sarr, Mane, Jekson.

I guruhining 2-turida Fransiya terma jamoasi Iroq (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya (26 iyun) bilan to'qnash keladi. Senegal esa 2-turda Norvegiya (23 iyun), 3-turda Iroq (26 iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia