O'zbekiston raqibi Portugaliyaning qaydnomasiga sig'magan top futbolchilar

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 17:00
Ispaniyalik mutaxassis Roberto Martines qo'l ostidagi Portugaliya terma jamoasi bir necha kun oldin JCH uchun qaydnomasini ma'lum qildi.

Ro'yxatga bir qator yulduz futbolchilar sig'may qoldi. Quyida ular bilan tanishing:

Darvozabon: Joau Karvalyu ("Eshtoril", Portugaliya)

Himoyachilar: Antoniu Silva ("Benfika", Portugaliya), Nunu Tavaresh ("Lacio", Italiya)

Yarim himoyachilar: Mateush Fernandesh ("Vest Xem", Angliya), Joau Palinya ("Tottenxem", Angliya)

Hujumchilar: Rikardu Orta ("Braga", Portugaliya), Paulinyu ("Toluka", Meksika), Pedru Gonsalvesh ("Sporting", Portugaliya), Karlush Forbsh ("Bryugge", Belgiya)

Eslatib o'tamiz, Portugaliya mundial “K“ guruhida Kongo DR, O'zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari bilan to'qnash keladi. Ronaldu yetakchiligidagi jamoa 23 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia