Robert Levandovski "Real" haqida: "Yangi o'yinchilar va Mourinyu bilan ular kuchliroq bo'lishdi"

Aslanov Jasurbek
2 sen 2026, 19:07
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Robert Levandovski bu mavsumda kataloniyaliklarning "Real" bilan raqobati haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hozirda "Real Madrid" yangi o'yinchilar va Joze [Mourinyu]ning kelishi evaziga kuchliroq bo'ldi.

O'ylaymanki, ikki yillik sovrinsizlikdan so'ng ularning ruhiyati va kayfiyati juda muhim bo'ladi. Ular bu mavsumda juda kuchli bo'lishlari mumkin, ammo men hamisha "Barselona" tomonidaman", - dedi hozirda "Chikago Fayr" sharafini himoya qilayotgan Levandovski.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport