

Bu haqda insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha ham Angliya klubida yuqori baholanadigan o'yinchi hisoblanadi, ammo Germaniya terma jamoasi xavbeki mersisaydliklarning ustuvor maqsadlari ro'yxatida Skott va Kamaradan pastroqda joylashgan.
Avgust oyi oxirida Kamaraning "Chelsi"ga o'tishga yaqin ekani xabar qilingan edi. Biroq londonliklar yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar o'tishni amalga oshirishga ulgurishmadi.



