PSJ qishda "Chelsi" futbolchisini ijaraga olishi mumkin - Foot01

28 okt 2026, 08:20
PSJ qishki transfer oynasida "Chelsi"ning qanot hujumchisi Estevaoni ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda Foot01 xabar beradi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Parij jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike 19 yoshli vingerning istedodini yuqori baholamoqda. Uning fikriga PSJ sport maslahatchisi Luish Kampush ham qo'shiladi.

Joriy mavsumda Estevao barcha turnirlarda sakkizta o'yinda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 80 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot01