“Barselona” Ferran va Levandovskining o'rniga hujumchi qidirmoqda

Sherzod Nurmatov
20 avg 2026, 15:40
Kataloniyaliklar sport direktori Deku Gamper Kubogi doirasida “Al Ahli” ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng klubning hujumchi sotib olish bo'yicha rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, shu yozda Kataloniya jamoasini hujumchilar Ferran Torres va Robert Levandovski tark etdi.

7.jpg

“Ikki futbolchi - Ferran va Robert jamoadan ketdi. Biz Ferranning o'rnini yangi transferlar orqali to'ldirishimiz mumkin, ammo Robertning o'rnini bosish juda qiyin. Hatto yaxshi futbolchi topgan taqdirimizda ham bu oson bo'lmaydi, chunki u biz uchun muhim figura edi.

Bizda ichki echimlar bor, biroq, shubhasiz, ma'lum bir qadamlarni amalga oshiramiz. Gap eng maqbul echimni topish haqida ketmoqda”, – dedi Deku.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo