

Shu tariqa, Levandovski Kataloniya klubi tarixida eng yorqin iz qoldirgan futbolchilar ro'yxatini to'ldirdi.
Ushbu bo'limda, shuningdek, Lionel Messi, Xosep Gvardiola, Diego Maradona, Yoxan Kroyf va “Barselona” hamda jahon futbolining boshqa afsonalari o'rin olgan.

Eslatib o'tamiz, “ko'k-anorranglilar” safidagi faoliyati o'z nihoyasiga etgach, Robert xayrlashuv postini e'lon qilgandi.
“Sinovlar va og'ir mehnatga boy bo'lgan to'rt yildan so'ng oldinga harakat qilish vaqti keldi. Men o'z missiyamni bajardim degan his bilan ketmoqdaman. To'rt mavsum va uchta chempionlik. Birinchi kunlarimdanoq muxlislardan olgan mehr-muhabbatni hech qachon unutmayman. Ushbu go'zal to'rt yil davomida yo'limda uchragan barchaga rahmat”, – deb yozgan edi o'shanda Levandovski.
Levandovski 2022 yilning yozidan buyon “Barselona”da o'ynab kelayotgandi. Hujumchi kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda jami 193 ta o'yinda maydonga tushib, 120 ta gol va 24 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Polshalik forvard “ko'k-anorranglilar” tarkibida uch marta Ispaniya chempioni bo'ldi, mamlakat Kubogini va uch marta milliy Superkubokni qo'lga kiritdi.



