Mourinyu yangi mavsumda Asensioga umid qilmayapti

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2026, 16:59
"Real" Raul Asensio bilan xayrlashishga tayyor.

Raul Asensio shu yozda "Real"ni tark etishi mumkin. Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, himoyachining ketishi madridliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu tomonidan hali iyun oyidayoq rejalashtirilgan edi. "Real" takliflar va futbolchining qaroridan kelib chiqqan holda Asensioni sotishni ham, ijaraga berishni ham ko'rib chiqmoqda. O'tgan mavsumda Asensio La Liganing 23 ta o'yinida 2 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano