

Manbaga ko'ra, seshanba kuni "Real" vakillari Madrid yaqinidagi restoranda Rodrining agentlari bilan uchrashuv o'tkazgan. "Qirollik klubi" ispaniyalik yarim himoyachini yozgi transferlar oynasining eng asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda.
Ma'lum qilinishicha, madridliklar Rodriga 2030 yilgacha amal qiladigan to'rt yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Hozirda tomonlar futbolchining shaxsiy shartlari bo'yicha kelishuvga erishish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, Rodrining o'zi ham Ispaniyaga qaytish variantini maqullamoqda. Uning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan. Angliya klubi bir necha hafta avval unga yangi shartnoma taklif qilgan bo'lsa-da, hozircha kelishuvga erishilmagan.
Ayni paytda "Real" va "Manchester Siti" o'rtasida rasmiy muzokaralar hali boshlangani yo'q. Madrid klubi avval futbolchining agentlari bilan barcha shartlarni kelishib olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Rodri o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. JCH–2026da esa u Ispaniya terma jamoasining sakkizta uchrashuvida ham ishtirok etib, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



